Savol-javob
-
Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish tushunchasi Professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilib aholini ko‘makka muhtoj qatlaminingijtimoiylashuvini ta’minlash, ijtimoiy himoyani mahalla darajasida og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashib yordam ko‘rsatish.
-
Nogironligi mavjud aholi sog‘ligini tiklash uchun qanday imtiyozlarga ega? I-II guruh nogironligi mavjud aholi qatlami O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli tibbiyot muassasalari hamda tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan shartnomaga ega bo‘lgan xususiy tibbiy shifoxonalar tomonidan imtiyozli, malakali va bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega.
-
Nogironlikni rasmiylashtirish uchun birinchi navbatda qayerga murojaat qilinadi? Nogironlik guruhini rasmiylashtirish uchun birinchi navbatda fuqaroning o‘zi yashab turgan mikrohududga tegishli bo‘lgan birlamchi tibbiy-sanitar yordami muassasasiga murojaat qilinadi va boshlang‘ich hujjatlar rasmiylashtiriladi.
-
Jazoni ijro etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tomonidan jazoni ijro etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga qanday yordamlar ko‘rsatiladi? Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini tashkil etish va ta’minlash, tegishli tartibda kiyim-kechak, oziq-ovqat va turar joy uchun bir martalik to‘lanadigan nafaqa puli berish orqali ularning birlamchi ehtiyojlarini qondirish.
-
“Saxovat” internat uylariga kimlar murojaat qilish huquqiga ega? O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, qarindoshlari yoki O’zbekiston Respublikasi oila kodeksining 57-moddasiga muvofiq ularga g’amxo’rlik qilishga majbur bo’lgan boshqa shaxslar bo’lmagan yolg’iz keksalar, 18 yoshdan boshlab I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar, shuningdek, o’zga shaxsga muhtoj bo’lgan I guruh nogironligi bo’lgan yolg’iz yashovchi keksalar murojaat qilish huquqiga ega bo’ladi.
-
“Saxovat” internat uylariga qabul qilishda qarshi ko‘rsatmalar mavjudmi? tez-tez, tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
bemorning o‘zi va atrofidagilar uchun xavfli bo‘lgan moyillikning qo‘pol buzilishlari va axloqiy dag‘allik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar;
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari internat uylariga qabul qilishdagi qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi.