Onlayn ariza shakli



    Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati


    Olloyorov Mansurbek Polvonzoda

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori




    Qabul kunlari

    Du

    Se

    10:00-12:00

    Cho

    Pa

    Ju


    Tarjimai hol

    Mansurbek Olloyorov 1982-yil Xonqa tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, so‘ngra Yaponiya siyosiy tadqiqotlar milliy institutida tahsil olgan.

    Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1-toifali mutaxassisdan boshlab, Moliya vazirligining davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha davom ettirgan.

    Shu bilan birga, Hisob palatasi yetakchi mutaxassisi, bosh inspektori va sho’ba mudiri, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni iqtisodiyot sohasida islohotlarni ekspert-huquqiy ta’minlash sho’basi bosh inspektori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida, so‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib bordi.

    Mansurbek Olloyorov o‘z faoliyati davomida energetika, transport hamda davlat kadastr sohalarini isloh qilish, jamoat transportini moliyalashtirishda “brutto” shartnomani joriy qilish, energetika sohasiga “yashil sertifikat” tizimini joriy qilish, davlat tibbiy sug‘urta, qishloq xo‘jaligi tizimida tomchilab sug‘orish tizimlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kabi ko‘plab loyihalarda qatnashgan.


    Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari




    Qabul kunlari

    Du

    Se

    Cha

    Pa

    Ju


    Tarjimai hol

    Shahnoza Mirziyoyeva 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi. Shuningdek, huquq va jahon iqtisodiyoti bo‘yicha magistrlik darajalariga ega.

    2017-yildan (ochilganidan beri) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligida ishlagan, u yerda maktabgacha ta’lim sohasida siyosatni shakllantirish va strategik rivojlanish Bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u vazirning maktabgacha ta’limda tenglik va inklyuziya bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.

    Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ko‘plab innovatsion g‘oyalar muallifi. Masalan, nogiron bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markazi bilan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti loyihasi. Uning tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab boshlangan yana bir loyiha – bu “Aqlvoy” mobil bolalar bog‘chalari bo‘lib, u eng chekka qishloq joylaridagi bolalarga maktabgacha ta’lim xizmatlaridan mutlaqo bepul foydalanish va maktabga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi. Shahnoza Mirziyoyeva, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yagona agentlik tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhga rahbarlik qilgan.


    Tashxodjayev Muxtorxon Maxsudovich

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari




    Qabul kunlari

    Du

    Se

    Ch

    15:00-17:00

    Pa

    Ju


    Tarjimai hol

    Muxtorxon Toshxo‘jayev 1983-yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Iqtisodiyot bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. O‘zbekiston milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti.

    O‘z mehnat faoliyatini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining korporativ boshqaruv fakulteti assistenti, ilmiy xodimi, katta o‘qituvchisi, dotsenti, dekan o‘rinbosari va dekani lavozimlarida boshlagan.

    Shuningdek, u O‘zbekiston milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida yetakchilik qildi va O‘zbekiston milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi sifatida ishini davom ettirdi.

    2017-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan, 2021-yilda Paralimpiya sportini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun “O‘zbekiston Respublikasining xizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi”faxriy unvoni bilan taqdirlangan.


    Abruyev Jamshid Ismoilovich

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari




    Qabul kunlari

    Du

    Se

    Ch

    Pa

    Ju

    15:00-17:00


    Tarjimai hol

    Jamshid Abruyev 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi institutida, so‘ngra Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.

    O‘z mehnat faoliyatini Samarqand shahrining Temir yo‘l tumanidagi xalq ta’limi buxgalteri lavozimida boshlagan va Temir yo‘l tumanining Moliya bo‘limida iqtisodchi sifatida davom ettirgan.

    Jamshid Abruyev 1-toifali iqtisodchi, yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan.

    Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i, keyin esa Davlat byudjeti Bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

    So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, 2023-yil yanvar-may oylarida esa O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Jamshid Abruyev o‘z faoliyati davomida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “tibbiy sug‘urta tizimi” ni joriy etishga, “Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun” ning birinchi loyihasini ishlab chiqishga, “Ochiq byudjet portali”ni ishga tushirishga ko‘maklashdi.

    Shuningdek, taʼlim sohasida “Davlat — xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish va ularga avtomatlashtirilgan tartibda subsidiya tulash”, “Davlat — xususiy sheriklik asosida oliy taʼlim muassasalarida yotoqxonalarni barpo etish”,  “Oilaviy bolalar uylarini bir satrda moliyalashtirishga oʻtkazish” kabi bir qator loyihalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etgan.


    Abdullaev Sirojiddin Sa’dullayevich

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari




    Qabul kunlari

    Du

    Se

    Ch

    Pa

    10:00-12:00

    Ju


    Tarjimai hol

    Sirojiddin Abdullayev 1984-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutida tahsil olgan.

    Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasida boshlagan, u yerda yetakchi ekspert, bosh inspektor, bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

    Keyinchalik mehnat faoliyatini “Qishloq qurilish Invest” injiniring kompaniyasining marketing va uy-joylarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida davom ettirdi.

    Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Narxni shakllantirish boshqarmasining Narx siyosati va narxni shakllantirish bo‘limi, so‘ngra Davlat byudjeti bosh boshqarmasining Daromadlarni rejalashtirish va jamlangan byudjet tushumlarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat koʼrsatdi.

    So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

    Sirojiddin Abdullayev mehnat faoliyati davomida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning manzilliligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha muhim huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etgan.

    Neotechda ishlab chiqilgan