Onlayn ariza shakli



    Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy taksi” pilot loyihasi

    27 Mart, 2024

    659

    Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy taksi” pilot loyihasini amalga oshirish maqsadida Agentlik yo‘nalishsiz taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchi manfaatdor yuridik shaxslarni quyidagi masalalarni muhokama qilishga taklif etadi:

    – nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy taksi xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, shu jumladan buyurtma qabul qilish, nogironligi bo‘lgan shaxsni kutib olish, nogironligi bo‘lgan shaxsni joylashgan joyidan belgilangan joyga olib borishda yordam berish (hamrohlik qiluvchi shaxs bo‘lmaganda), shuningdek, avtomobilga(dan) chiqarish/tushirish (zarur hollarda), nogironlar aravachasi va boshqa yuklarni (zarur hollarda) ortish/tushirish, nogironligi bo‘lgan shaxs va hamrohlik qiluvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) belgilangan joyga borishi va boshqa holatlar;

    – to‘lov olinmaydigan (bepul) maksimal kutish vaqtini aniqlash;

    – “Ijtimoiy taksi”da borib kelish mumkin bo‘lgan obyektlar (borish manzillari) ro‘yxatiga muvofiq marshrutni kuzatish mexanizmlari;

    – turli masalalar.

    Sana: 2024 yil 2 aprel, soat 11:00 da

    Manzil: Toshkent sh., Mirobod tumani, Yangizamon 3-tor ko‘cha, 1-uy.

    Bog‘lanish uchun mas’ul shaxs: Xurshid Tursunov – Ijtimoiy xizmatlarni standartlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

    Manfaatdor tomonlar quyidagi telefon raqamlari orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi

    71 239-59-34, 90 188-85-20

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan