Onlayn ariza shakli



    “Inson uchun” respublika savdo ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

    1 May, 2024

    571

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Inson uchun” respublika savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

    Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbariyati ishtirok etdi.

    Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov ko‘rgazmaning asosiy maqsadi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning savdo hajmini oshirish orqali nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, shu bilan bir qatorda ularning mehnat bozoridagi bandlik ulushini oshirishdan iborat ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Shu bilan birga ko‘rgazmada san’at vakillari, jamoatchilik faollari ham ishtirok etmoqda.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan