Onlayn ariza shakli



    Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi "Dubay alohida ehtiyoji bo’lgan shaxslar uchun maxsus markazi"ga tashrif buyurdi

    25 Aprel, 2024

    660

    Ayni kunlarda Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazma doirasida Mansurbek Olloyorov boshchiligidagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi «Dubay alohida ehtiyoji bo’lgan shaxslar uchun maxsus markazi» (Dubai Center for Special Needs) ga tashrif buyurdi.

    Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida mutaxassislar almashinuvi, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, reabilitatsiyaning innovatsion usullaridan foydalanishni ta’minlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar alohida ehtiyoji mavjud bolalar uchun ta’lim va reabilitatsiya xizmatlari sifatini oshirish maqsadida hamkorlikni faol rivojlantirishga kelishib oldilar.

    Dubai Center for Special Needs — nodavlat tashkiloti jismoniy va psixik rivojlanishida ortda qolayotgan bolalarga ta’lim xizmatlari, kognitiv va sensor qobiliyatlarini tiklashga qaratilgan reabilitatsiya mashg‘ulotlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan markaz.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan