Onlayn ariza shakli



    Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi “DIHAD” Xalqaro gumanitar yordam va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan uchrashdi

    24 Aprel, 2024

    512

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan konferensiya doirasida “DIHAD” Xalqaro gumanitar yordam va taraqqiyot tashkiloti raisi Abdusalam al-Madani bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro ijtimoiy soha yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish xususida fikr almashdilar.

    Xususan, Mansurbek Olloyorov mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.


    Abdusalam Al-Madani o‘z nutqida, O‘zbekistonda “DIHAD” tashkilotining vakolatxonasini ochish bo‘yicha tashabbusini ilgari surdi va 2025-yilning may oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ijtimoiy himoya: barqaror rivojlanish va tenglik sari yo‘l” mavzusidagi Butunjahon konferensiyasida faol ishtirok etib, qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

    Muzokaralar yakunida ijtimoiy soha xodimlarining malakasini oshirish hamda “DIHAD” gumanitar kollejida magistratura dasturida o‘qish kvotalarini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan