Onlayn ariza shakli



    Ijtimoiy himoya milliy agentligi AQSH bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda

    23 Aprel, 2024

    509

    2024-yil 23-aprel kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida AQShning Yuta shtati Senati Prezidenti Adams Styuart va Stirling jamg‘armasi prezidenti Mayls Xansen boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Yuta shtatining davlat va fuqarolik tashkilotlari o’rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yishda og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash, ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining o’zaro tajriba almashish va malakasini oshirishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakuni bo‘yicha Amerika tomoni O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan holda, tomonlar uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan