Onlayn ariza shakli



    IHMA aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy xizmatlarni joriy etish maqsadida davlat ijtimoiy buyurtmasini e'lon qiladi

    25 Iyun, 2024

    635

     Tanlov tashkilotchisining nomi va manziliO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangizamon 3-tor ko‘cha, 1-uy.
     Davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifiNogironligi bo‘lgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning transport xizmatlaridan qulay foydalanishini va harakatlanish qulayligini ta’minlash maqsadida 2024-yilning 25-avgustidan 31-dekabriga qadar Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida «Ijtimoiy taksi» pilot loyihasini amalga oshirish. Ushbu loyihani amalga oshirish shartlari ilovada keltirilgan.
     Davlat ijtimoiy buyurtmasini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va miqdoriIjtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan. 1 253,68 mln so‘m
     Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati2024-yil 25-avgustdan 31-dekabrga qadar.
     Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablarShartnoma tuzish huquqiga egalik, soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning, o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi, insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi.
     Davlat boshqaruvi organlarining ishtirokchilar bilan bog‘lanish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxslarining yoki boshqa xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va manziliQodirov O‘tkirbek Marimbayevich – Nodavlat notijorat tashkilotlar va volontyorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i; Tursunov Xurshid Maxmudjanovich – Ijtimoiy xizmatlarni standartlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangizamon 3-tor ko‘cha, 1-uy.
     Tanlov ishtirokchilari tomonidan loyihalarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt2024-yil 25-iyulga qadar (shu kuni ham).
     Tanlov g‘olibi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi haqidagi axborotIlovaga muvofiq
     Tanlovda ishtirok etish uchun loyihalarni davlat tilida va zaruratga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi to‘g‘risidagi talabO‘zbek va rus tillarida.
     Loyihalarni baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibiLoyihalarni baholashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni baholash metodikasidan foydalaniladi hamda ushbu jamoatchilik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
     Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talablarTanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ariza taqdim etilishi shart.

    Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

    – ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilot sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi zarur;

    – davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiq kelishi;

    – ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

    – ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

    – loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya etish.

    Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

    Ariza taqdim etayotgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

    www.ihma.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;

    Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

    Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

    Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

    Hujjatlar 2024-yil 25 iyundan 25 iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

    Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangizamon 3-tor ko‘cha, 1-uy.

    Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining www.ihma.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 239-59-24, (71) 239-59-34.

    Ariza na’munasi

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan