Onlayn ariza shakli



    Yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyati yo'lga qo'yiladi

    26 Yanvar, 2024

    2381

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 46-sonli qarori qabul qilindi.

    Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya, hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yo‘llash bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar negizida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari tashkil etiladi.

    Endilikda bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlariga muhtojligi Ijtimoiy himoya milliy agentligining har bir hududiy boshqarmalar huzuridagi PTPK tomonidan aniqlanadi. Bunda:

    PTPK xulosasini olish uchun ariza bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan ularning yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodimga taqdim etiladi.

    Og‘ir darajadagi sog‘lig‘ida nuqsoni bor bolalarni jamiyatga moslashishiga mo‘ljallangan “G‘amxo‘rlik” guruhlari tashkil etiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 46-sonli qaroriga asosan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan og‘ir darajadagi sog‘lig‘ida nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli “G‘amxo‘rlik” guruhlari faoliyati yo’lga qo’yiladi. “G‘amxo‘rlik” guruhlari:

    🔘2024-yil 1-fevraldan Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

    🔘2024-yil 1-apreldan Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

    🔘2024-yil 1-avgustdan respublikaning qolgan hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda tashkil etiladi.

    “G‘amxo‘rlik” guruhlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydigan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qisqa muddatga (4 soatgacha) parvarishlash, ta’lim-tarbiya berish hamda ularni jamiyatga moslashishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.

    Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “G‘amxo‘rlik” guruhida bolalarning ta’lim olishi bepul amalga oshiriladi.

    Bolalar uchun maxsus reabilitatsiyasi bo‘limlari ishga tushiriladi.

    Qarorga asosan, 2024-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi bo‘limlari tashkil etiladi.

    Bolalar reabilitatsiyasi bo‘limlari zimmasiga nogironligi bo‘lgan bolalarga individual reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bolalar sog‘ligini tiklash vazifalari yuklatiladi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan