Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi
14 Mart, 2025
5421
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlaridan ishchi guruh xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Tashqi ishlar vazirligi kumagida O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish maqsadida navbatdagi xizmat safariga Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi.
Safardan ko’zlangan asosiy maqsad – xorijda turli sabablarga ko’ra ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan voyaga yetmagan bolalarni vatanga qaytarish.
Hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari bilan hamkorlikda Moskva, Sankt-Peterburg, Astraxan, Volgograd, Irkutsk, Chelyabinsk, Vladivostok va Ulyanovsk shaharlarida, shuningdek, Moskva, Leningrad, Oryol, Smolensk va Vladimir viloyatlarida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 30 nafar bolaning hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini olib borilmoqda.
Voyaga yetmagan bolalarning doimiy ro’yxatdan o’tgan joyidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari olib kelinayotgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rmoqda. Rejaga asosida:
- 23 nafar voyaga yetmagan bola ota-onasiga topshiriladi,
- 5 nafar bola qarindoshlarining vasiyligiga beriladi,
- 2 nafari muqobil joylashtirish shakllariga o’tkaziladi.
Ma’lumot o’rnida: Yil boshidan beri xorijda ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan 10 nafar bola vatanga qaytarildi.