Xalqaro qizil xoch qo'mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
15 Dekabr, 2023
535
Ijtimoiy himoya milliy agentligida Xalqaro qizil xoch qo’mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida tomonlar ijtimoiy xodimlar, mahalla xodimlari va birinchi tibbiy va psixologik yordam psixologlarini o’qitish bo’yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Xalqaro qizil xoch qo’mitasi qarindoshlarini yo’qotgan bolalarni vataniga qaytarishda yordam berishga, shuningdek, ushbu bolalarning boshqa qarindoshlari (amaki, xolalari va boshqalarni) bilan birlashtirish uchun keng aloqalardan foydalangan holda ko’maklashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Xalqaro qizil xoch qo’mitasi bilan amaliyotni o’rganish va tajriba almashish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

