Onlayn ariza shakli



    Volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi

    28 Fevral, 2024

    723

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2024-yil 27-fevral kuni Toshkent shahar Mirzo-Ulug’bek tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida volontyorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha ularning vazifa va funksiyalari, volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

    Seminar qatnashchilari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ijtimoiy xizmat ko’rsatish bo’yicha birlamchi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar. Seminar qizg’in va do’stona ruhda bo’lib o’tdi.

    Ma’lumot uchun: Joriy yil 1-mart kuni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha vazifa va funksiyalari, volontyorlik faoliyati, huquq va majburiyatlari yuzasidan o’quv seminari respublika miqyosida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan