Onlayn ariza shakli



    Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

    8 Yanvar, 2024

    628

    Joriy yilning 6-yanvar kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Matonat maktabi” , O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Sport markazining o‘q otish majmuasida «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

    Unda taniqli paralimpiya sportchilari bilan bir qatorda maktab o‘quvchilari va harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirok etdi. Mard, jasur harbiylarimizning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilar orasida Vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada oshirdi. Harbiy orkestr ijrosida kuylangan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

    Matonatli sportchilarimizning ibratli hayot yo‘li va erishgan yutuqlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi va ular uchun haqiqiy na’muna bo‘ldi.

    Tadbir davomida ishtirokchilar o‘q otish, stol tennisi, arqon tortish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi va yakunda g‘oliblar Mudofaa vazirligi tomonidan tashakkurnoma, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan