Vashington shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari Mehnat vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
5 Dekabr, 2023
536
Uchrashuv doirasida AQSh mehnat vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Tea Li qisqa vaqt ichida bolalar mehnati bilan bog‘liq muammoni to‘liq bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli davlatlardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatlarini ta’kidlab o‘tdi. Ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan ishonch bildirildi.
Muzokaralar natijasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ta’lim va kasbga yo‘naltirish uchun sharoit yaratish, ta’limga inklyuziyani joriy etish va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning mehnat bozoriga kirishi masalalarini birgalikda o‘rganish yuzasidan kelishuvga erishildi.



