Onlayn ariza shakli



    UPSHIFT O‘zbekistonda: yoshlar tashabbuslaridan olti nafari o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun grant oladi

    21 Aprel, 2025

    5374

    21 aprel kuni, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha global tashabbus-UPSHIFT dasturining ikkinchi bosqichi, UNICEFning Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi Xalqaro inklyuziv markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning yakuniy tanlovi bo‘lib o‘tdi.

    Ijtimoiy innovatsiyalar bo’yicha intensiv treningdan o’tgan o’nta jamoa orasidan, xolis hakamlar hay’ati oltita eng yaxshi tashabbusli loyihani tanlab oldi. Garchi, dastlabki rejaga beshta loyihani taqdirlash ko’zda tutilgan bo’lsa-da, hakamlar hay’ati bira-to’la, g’oyalari dolzarbligi va yaxshi ishlab chiqilganligi bilan alralib turgan oltita jamoaning loyihalarini qo’llab-quvvatlashga qaror qildi. Har bir jamoa o‘z loyihalarini ishga tushirish uchun 1000 AQSH dollari (milliy valyuta ekvivalentida) miqdorida grant oladi, shuningdek, Xab va UNICEF tomonidan murabbiylik yordami oladi.

    Quyidagi jamoalar UPSHIFTning ikkinchi bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritdi:

    – Ikkinchi hayot

    – Sokin bum

    – iQSpace

    – Enterprenuers 

    – Eko Volt

    – Krossovkalarda

    «Ikkinchi hayot» jamoasi, tikuvchilik bo’yicha ishlab chiqarishda toza matolarning qiyqimlarini isrof qilinishi muammosini hal qilish vazifasiga e’tiborini qaratgan. Ularning g’oyasi- to’qimachilik chiqindilari «ikkinchi hayot» oladigan qayta ishlash markazlarini yaratishdir.

    Yakuniy pitchingda jamoa a’zolari mato qoldiqlaridan tayyorlangan tayyor mahsulotlarini – breloklar, sumkalar, yostiqlar, o‘yinchoqlar, planshet g’iloflari va boshqa buyumlarni taqdim etishdi.

    iQSpace jamoasi a’zolari ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun moslashtirilgan elektron tizim yo‘qligi haqidagi muhim masalani ko‘tardilar. Bunga javoban ular, o‘quv jarayonini qulay va inklyuziv qilish uchun audiointerfeys va sun’iy intellekt elementlariga ega o‘quv platformasini yaratishni taklif qilishdi.

    Eshitishda nuqsoni bo‘lgan qizlardan tashkil topgan “Sokin Bum” jamoasi karlarning kamsitilishi va ijtimoiy ko‘rinmasligi mavzusiga e’tibor qaratdi. Ularning loyihasi karlarning «ovozi»ni kundalik predmetlardagi vizual xabarlar orqali ko’rinadigan qilishni taklif qiladi. Birinchi qadam sifatida ular, daktil va imo-ishora tilidagi iboralar bilan yozilgan eko-sumkalar, futbolkalar va nishonlar to’plamini yaratadilar. Loyihaning shiori- “Men eshitmayman, lekin ko‘raman”.

    “Krossovkalarda” jamoasi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun shahar bo‘ylab harakatlanishdagi qiyinchiliklar muammosini hal qilish ustida ishlamoqda. Ularning g’oyasi- «Men dunyoni eshitaman» deb nomlangan mobil ilova bo’lib, u atrofdagi hududda real vaqt rejimida ovoz chiqaradi. Smartfon kamerasi va neyron tarmoqlardan foydalangan holda, ilova foydalanuvchilariga koinotda yaxshiroq harakatlanishga yordam beradi va ularning harakati xavfsizligini oshiradi.

     “Eko Volt” jamoasi ishtirokchilari masalaga amaliy nuqtai nazardan yondashdilar. Ular viloyat maktablarida muntazam ravishda elektr ta’minotidagi uzilishlarga e’tibor qaratdilar, bu esa darslarni o‘tkazish va jihozlardan, ya’ni: interfaol doska, kompyuter, proyektorlardan foydalanishni qiyinlashtirmoqda. O’z navbatida bu, ta’lim sifatini pasaytirib, ta’lim jarayonini tashkil etishga jiddiy zarar yetkazadi.

    Talabalar shuningdek, zamonaviy maktablarning yuqori energiya sarfini hisobga oldilar, bu esa elektr tarmoqlarining ortiqcha yuklanishiga, xarajatlarning oshishiga va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatishiga olib keladi. Yechim- harakatga javob beradigan energiya ishlab chiqaradigan plitkalarni o’rnatish bo’lishi mumkin. Har bir qadamda plitkalar elektr energiyasi ishlab chiqaradi va kundalik faoliyatdagi ehtiyojlarni barqaror energiya manbaiga aylantiradi.

    Va nihoyat, «Entrepreneurs» jamoasi a’zolari ko‘zi ojiz o‘quvchilar geografiya fanini o‘rganishda duch keladigan muammoni hal qilishga e’tibor qaratdilar. Brayl alifbosi darsliklari va taktil xaritalarning yo‘qligi ularning fanni o‘rganish imkoniyatlarini cheklaydi. Oddiy atlaslar va xaritalar ko’zi ojiz va ko’rish qobiliyati zaif bo/lgan maktab o’quvchilari uchun moslashtirilmagan.

    Bunga javoban jamoa, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun darslarni moslashtirishda birinchi qadam bo‘ladigan, Brayl alifbosi yozuvidagi matnli, relyefli kontur xaritalar va geografik atlaslar yaratishni taklif qildi.

    – Badalova Madina Baxodirovna – Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi Xalqaro inklyuziv xab direktori;

    – Volfson Inna Aleksandrovna – UNISEFning O’zbekistondagi yoshlar va o’smirlarni rivojlantirish bo’yicha maslahatchisi;

    – Isomiddinova Barno Anvarovna – School 21- raqamli texnologiyalar maktabining hamkorlar va amaliyotlar bilan ishlash bo‘limi mudiri.

    – Eshmuhamedov Baxtiyor Jo’raboevich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bosh mutaxassisi.

    Ushbu pitching- ikkinchi bosqichning yakunlanishi bo’ldi va keyingi bosqich – loyihani amalga oshirish bosqichining boshlanishiga yo’l ochib berdi. Ayni shu haftadan boshlab, jamoalar mentorlar ko‘magida o‘z loyihalarini amalga oshirishga kirishadilar.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan