Toshkent viloyatida "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllari va ekspluatatsiyadan himoya qilish" mavzusida trening o‘tkazilmoqda
13 Aprel, 2025
5359
2025-yilning 9-11-aprel kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi, YUNISEF (http://t.me/unicefuzbekistan) bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda, “Yevropa Ittifoqi va BMT tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining mojaroli hududlaridan qaytgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va xizmatlarni rivojlantirish” (II-bosqich) loyihasi doirasida 3 kunlik trening o‘tkazilmoqda.
Mazkur trening “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar bolalarni himoya qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishmoqda.
Trening doirasida quyidagi mavzular yoritiladi:
Bola farovonligi va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoyalanish;
Bolaga e’tiborsiz munosabatda bo’lish va tazyiq o’tkazilib kelinishi va uning nima oqibatlarga olib kelish omillari (shakllari);
Javob berish, qaror qabul qilish va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi. Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ishlar.
Mazkur tashabbus bolalarni himoya qilish sohasida tizimli yondashuvni mustahkamlab, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib, himoya mexanizmlarining samaradorligini oshirishga ham yordam bermoqda.
📌Treninglar reja asosida boshqa tumanlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etiladi.