Onlayn ariza shakli



    “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida  xodimlar ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi

    5 Yanvar, 2024

    2874

    Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida  xodimlar ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.

    Joriy haftada tashkil etilgan “Ma’naviyat soati”da 2023-yil davomida yurtimiz va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqealar, shuningdek  «Tizimli fikrlash: tamoyil va texnologiyalar» mavzusida siyosiy fanlar doktori Sardor Usmanov tomonidan ma’ruza tinglandi.

    Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida ko‘zda tutilgan normalar yuzasidan ma’lumot berildi.

    Tadbir so‘ngida  Agentlikning «Ijtimoiy to‘lovlar boshqarmasi» boshlig‘i tomonidan «2024-yil 1-yanvardan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan ijtimoiy nafaqalar» hamda «Ijtimoiy nafaqalarni manzilliligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar» bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan