Onlayn ariza shakli



    “Siyosiy maʼrifat soati” doirasida xodimlar ishtirokida navbatdagi “Maʼnaviyat soati” tashkil etildi

    24 May, 2024

    1027

    Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan “Siyosiy maʼrifat soati” doirasida xodimlar ishtirokida navbatdagi “Maʼnaviyat soati” tashkil etildi

    Dastlab, joriy hafta doirasida yurtimiz va xorijda roʻy bergan ahamiyatga molik voqealar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda 17-may kuni davlatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan imzolangan Oʻzbekiston -Malayziya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish qoʻshma bayoti yuzasidan maʼlumot tinglandi.

    Tadbirda Agentlikning Xalqaro aloqalar, reyting va investitsiya boshqarmasi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi ishchi tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar va oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan taqdimot qilindi.

    Shu bilan birgalikda, Agentlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi tomonidan xodimlar bilan ishlash yoʻnalishini takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish boʻyicha maʼlumot taqdim etildi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan