Onlayn ariza shakli



    RASMIY MUNOSABAT (Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi holat)

    25 Noyabr, 2023

    854

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur holat yuzasidan tezkor ishchi guruh tuzilib, tezkor o‘rganishlar olib borildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan T.Ch. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi otasi G‘.J.ning qaramog‘ida ekanligi, onasi X.S. 2023-yil yanvar oyida Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketganligi va bugungi kungacha yashash manziliga qaytib kelmaganligi aniqlandi.

    Voyaga yetmagan T.Ch.ning tog‘asi X.M. tomonidan qilingan murojaatga asosan, 2023-yilning may oyidan Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro N.A. o‘zining uyida 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagani yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli surishtiruv ishlariga kirishilgan.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kitob tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan psixolog va pedagoglardan iborat ishchi guruh bugungi kunda voyaga yetmagan T.Ch.ning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash hamda mazkur holatning kelib chiqish sabablari hamda uni bartaraf etish choralari yuzasidan «Ijtimoiy ish» ochilib, holat yuzasidan kompleks o‘rganishlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilamiz.


    Eslatib o’tamiz: Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi sifatida Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida” ishlab chiqilayotgan qonun loyihasiga bolalarga nisbatan zo‘rvonlikning har qanday turi uchun qonuniy jazo choralarini qo’llashni nazarda tutuvchi normalar kiritilgan.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan