Onlayn ariza shakli



    Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

    24 Iyun, 2024

    1178

    Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzuridagi Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi.

    PTPK xulosasini olish uchun qonuniy vakillar yashash joyidagi (yoki yashash hududidagi o‘ziga qulay bo‘lgan) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kelib yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar orqali ariza berishlari mumkin.

    Ariza elektron ravishda kiritiladi va qonuniy vakillardan (bolaning ota-onasi yoki rasman belgilangan qonuniy vakili) arizaga ilova qilish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi so‘raladi:

    ⏺️Davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan batafsil ko‘chirma;

    ⏺️Bolaning tashxisiga qarab tor mutaxassis xulosasi: psixonevrologik markazning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan psixonevrolog xulosasi (faqat nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun);

    ⏺️Bolaning o‘qish joyidan ta’lim muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma (ta’lim muassasalarida o‘qigan bolalar uchun);

    ⏺️Maktabdan tabel kartasi (maktabda ta’lim olayotgan bolalar uchun bir maktabdan ikkinchi maktabga o‘tmoqchi bo‘lganda);

    ⏺️Bolaning nogironligi bo‘yicha Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiya xulosasi (agar bor bo‘lsa);

    ⏺️ Avvalgi PTPK xulosasi (agar bor bo‘lsa).

    Batafsil ma’lumot uchun ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan