Onlayn ariza shakli



    “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori

    3 Iyun, 2024

    1220

    “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori 2024-yil
    31-may kuni qabul qilindi.

    Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga:

    • mobil qatnov
    • kunduzgi qatnov
    • uzoq va qisqa muddatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi;

    Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

    Bunda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslari bir yilda bir marta imtiyozli toifa sifatida markaz xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

    Markazlarga joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati yaratiladi.

    Shuningdek, Markaz xizmatlaridan foydalanuvchilarning ijtimoiylashuvini hamda cheklovlarsiz to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida mehnat ustaxonalari yo‘lga qo‘yiladi.

    Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qaror nizomining 3-bandida belgilangan tartibda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilining xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.

    Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida mazkur qaror nizomining 47-bandiga muvofiq shakllantirilgan individual parvarishlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

    Kunduzgi qatnov shaklida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomada nazarda tutilgan kunlarda Markazga kelishlari talab etiladi.

    Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan tartibda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakillarining xohishiga ko’ra amalga oshiriladi.

    Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish ushbu qarorning nizomiga muvofiq shakllantirilgan individual parvarishlash rejasiga ko’ra amalga oshiriladi.

    Bunda mobil shakldagi Markaz xizmatlari alohida tasdiqlangan reja-grafiklarga muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning bevosita yashash joyiga borgan xolda ko‘rsatiladi.

    Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish uchun Markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari turiga qarab mobil guruhlar shakllantiriladi.

    Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish shartlari, davomiyligi, bir kun davomida xizmatlar uchun ajratiladigan vaqt, har-bir o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan