O‘zbekistonda birinchi marta imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida kasbiy mahorat musobaqalari o‘tkaziladi
19 Aprel, 2025
5473
O‘zbekistonda “Imkoniyatlar olimpiadasi” konkursi 21-apreldan 2-mayga qadar bo‘lib o‘tadi, unda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan, o’ziga xos jismoniy imkoniyatlaridan qat’iy nazar, barcha ishtirokchilar o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etishlari mumkin.
Mazkur ko‘rik-tanlov mamlakatimizda o‘tkaziladigan ushbu formatdagi birinchi milliy musobaqa bo‘ladi. Loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv xab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tashkil etiladi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday tadbirlarni o‘tkazish- nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga yo‘naltirish, rag‘batlantirish, ijtimoiylashtirish va ishga joylashtirishning samarali vositasi bo‘lib, inklyuzivlik madaniyatini shakllantirishga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishtirokchilar nozologiyasiga qarab toifalarga bo’linadigan an’anaviy musobaqalardan farqli o’laroq, «Imkoniyatlar olimpiadasi» har qanday darajalarni tubdan istisno qiladi. Bu yerda hamma teng. Muhimi- kimligingiz emas, nimalarga qodirligingiz!

Tanlov 10 ta professional kompetentsiyani qamrab oladi:
– Kashta tikish;
– Kulolchilik san’ati;
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT);
– Konditerlik mahsulotlari ishlab chiqarish ishi;
– Mobilografiya;
– Rasm chizish;
– Quruq qurilish ishlari;
– Duradgorlik ishlari;
– Tokarlik ishi;
– Fotosuratga tushirish.
250 nafar ishtirokchi 21 apreldan 2 mayga qadar ochiq test sinovlarida o‘z imkoniyatlarini namoyish etadilar. Tanlov finali 1–2 may kunlari “O‘zekspomarkaz”da “Inson uchun” Respublika savdo yarmarkasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Tanlov uchun “O‘zekspomarkaz”ning 5-ko‘rgazma pavilyoni maxsus tarzda, tanlov talablari asosida to‘liq jihozlanadi. Ishtirokchilar uchun qulay va professional sharoitlar yaratilib, barcha ish joylari taqdim etilgan har bir kompetensiyaga moslashtiriladi.
“Imkoniyatlar Olimpiadasi” shunchaki musobaqa emas. Bu inklyuziya- istisno emas, balki norma bo’lgan kelajakka qo’yilgan qadamdir. Ushbu tanlov, sog’likdagi cheklangan imkoniyatlar va nogironlik- bilim olish, martabaga erishish, ijodiy rivojlanish va to’laqonli hayot kechirishga to’sqinlik qilmasligi kerakligi haqida yana bir eslatmadir.
OAV uchun kontaktlar:
+998 (71) 202 5858
https.//abilympics.uz