O'zbekiston-AQSh: Qo'shma markaz tashkil etiladi
30 Noyabr, 2023
543
IHMA delegatsiyasi Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mazkur oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilari tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash masalalariga bag’ishlangan muzokaralar, shuningdek, bir qator taqdimotlar o’tkazildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaning dolzarb muammolari bo’yicha fikr almashildi.
Kolumbiya universiteti fuqarolarni ijtimoiy himoya bilan ta’minlashda O’zbekistonning «mahalla» instituti tizimini o’rganishga alohida qiziqish bildirmoqda.
Agentlik delegatsiyasi universitet prezidenti Minush Shafik bilan ham uchrashdi.
Muzokaralar natijasida IHMA, Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish maktabi va UNICEF o’rtasida nafaqat O’zbekistonda, balki butun mintaqada ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda muhim rol o’ynashi kutilayotgan «Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish Markazi» tashkil etishni nazarda tutuvchi uch tomonlama o’zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.