Onlayn ariza shakli



    "Ona Uyi" resurs markazi tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari uchun o'quv-seminar tashkil etildi

    2 Iyul, 2024

    867

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda «Ona Uyi» resurs markazi bilan Imzolangan hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazilgan ushbu treningda ijtimoiy og‘ir vaziyatga tushib qolgan bolalar hamda ayollarni aniqlash, ularga birlamchi ko‘mak ko‘rsatish, keys-menejment orqali vaziyatni ijobiy yechim topishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalar o‘rgatildi.

    Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida real keyslar tajribasi o‘rganilib, uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Hozirda «Ona Uyi» resurs markazi loyihasi Toshkent shahrida tajriba sifatida tashkil etilgan bo’lib, kelgusida bosqichma-bosqich barcha viloyatlarda yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

    ✅ Ma’lumot uchun:

    👩‍👩‍👧‍👦 «Ona Uyi» resurs markazida kimlarga yordam beriladi:
    ⏺️6-oylik homiladorlik davridan boshlab shu jumladan, ilk farzandini dunyoga keltirayotgan ayollarga;
    ⏺️4 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollarga;
    ⏺️bolalardan voz kechish arafasidagi homilador ayollarga.

    Qanday yordam turlari mavjud:

    ⏺️»Ona Uyi» resurs markazida yashash;
    ⏺️psixologik ko‘mak;
    ⏺️tibbiy yordam;
    ⏺️hujjatlarni tiklash va huquqlarni ta’minlashda yordam ko’rsatish;
    ⏺️ta’lim;
    ⏺️amaliyot va ish bilan ta’minlash.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan