Nyu-York shahrida UNICEF rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazildi
29 Noyabr, 2023
543
Kuni kecha BMT Bolalar jamg’armasi ijrochi direktori o’rinbosari Jeneva Buten bilan ijtimoiy himoya, bolalar va nogironligi bo’lgan shaxslarni himoya qilish masalalari bo’yicha UNICEF departamentlari rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama muzokaralar o’tkazildi.
Tomonlar bolalarni, shu jumladan, nogironligi bo’lgan va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish va institutsionalizatsiya qilinishini ta’minlash, shuningdek, professional ijtimoiy xizmatni joriy etish masalalari bo’yicha hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlarida loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2024-2025 yillarga mo’ljallangan ikki tomonlama harakatlar rejasi imzolandi.




