Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi Inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Byalik Pavlo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
22 May, 2024
911
jtimoiy himoya milliy agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi Inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Byalik Pavlo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Agentlik va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, qonunchilik hujjatlarini inson huquqlari xalqaro standartlari doirasida tahlil qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy xodimlar salohiyatni oshirish bo‘yicha qo’shma tadbirlarni tashkil etish va malakali ekspertlarni jalb etish masalalari ko’rib chiqildi.
Uchrashuv davomida Agentlikning faoliyat sohalari hamda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususan nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar faoliyati to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.
O’z navbatida Byalik Pavloda Agentlik faoliyatiga katta qiziqish bildirilgan holda, tomonlar qo’shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik aloqalarini o’rnatishga kelishib oldilar.