Onlayn ariza shakli



    Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

    15 Dekabr, 2023

    708

    Ijtimoiy himoya milliy agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ning O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

    Uchrashuv davomida, Inson markazlari xodimlarini, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimidagi boshqa xodimlarni, joylarda aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha o’qitish va malakasini oshirishda, Janubiy Koreyadan ijtimoiy ishchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, KOICA tomonidan Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish Markazi uchun o’quv materiallar va dasturlar ishlab chiqishda yordam ko’rsatiladi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan