Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi va YUNICЕF fondi hamkorligida trenerlar uchun trening 2-bosqichi bo'lib o'tdi
15 Mart, 2024
897
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi va YUNICЕF bolalar fondi hamkorligida 12-15 mart kunlari trenerlar uchun trening (ToT) ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi.
Mashg‘ulotlar davomida professional trenerlar tomonidan ishtirokchilarning bolalarni zo’ravonlikdan va shafqatsiz muomaladan himoyasi qonunchiligi va mexanizmlari, oilalar bilan ishlash metodlari (intervensiyalari) va hamjamiyatlar bilan ijtimoiy ish, ijtimoiy ishda superviziya, supervayzer va uni ishini tashkil etish va boshqa muhim mavzular bo‘yicha bilim, ko‘nikma va trenerlik mahoratlari oshirildi.
Ishtirokchilar tomonidan egallangan ushbu bilimlar kelgusida supervayzerlarning kasbiy bilimlarini oshirish orqali faoliyatini samarali tashkil qilishga xizmat qiladi.
Trening yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim qilindi.


