Onlayn ariza shakli



    “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasiga taklif etamiz

    11 Aprel, 2025

    5389

    2025-yil 1–2 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar namoyish qilingan an’anaviy “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

    Mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

    2025-yilgi ko’rgazma doirasida yana-da keng ko‘lamli ishtirok, tijorat salohiyatiga ega loyihalar va yangi hamkorlik tashabbuslari taqdim etilishi rejalashtirilgan

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan