“Imo-ishora tili bo‘yicha eng yahshi tarjimon” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
19 Dekabr, 2023
563
Joriy yilning 19-dekabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston karlar jamiyati hamkorligida Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan 102-sonli maktab internatida “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yahshi tarjimon” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad, kasbiy mahorati yuqori, ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi tarjimonlarni aniqlash, samarali natijalarga erishayotgan tarjimonlarni ish tajribalarini ommalashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatda surdotarjimonlik kasbini nufuzini yanada oshirishdan iborat.
Mazkur tanlovning Respublika bosqichi 3 shartdan iborat bo‘lib tanishtiruv, test topshirig‘i hamda matn tarjimasi asosida o‘tkazildi.
Tanlov yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda pul mukofoti ko‘rinishidagi sertifikatlar bilan taqdirlandilar.






