Ijtimoiy himoya milliy agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
25 Iyun, 2024
855
2024-yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Regina Mariya Kastillo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda UNICEF va Agentlik o‘rtasidagi joriy va istiqboldagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi. UNICEF Agentlik tashkil etilganidan buyon uni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, bilim, xalqaro tajriba, texnik yordam va mutaxassislarni jalb etishdagi harakatlari ta’kidlandi. Ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda keys-menejment tizimini joriy etish bo’yicha muvaffaqiyatli tashabbusga, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlar ko’lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘z navbatida Regina Kastillo Agentlik faoliyati va tashkil etilganidan buyon erishgan natijalarini yuqori baholadi. Shuningdek, bolalar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga ishonch bildirdilar.


