Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasiga a’zo bo’lish masalasi muhokama qilindi
22 Aprel, 2024
647
2024-yilning 16-18-aprel kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Jamshid Abruyev boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasi (ISSA) tomonidan tashkil etilgan “Yevropa 2024” mintaqaviy ijtimoiy ta’minot forumida ishtirok etish uchun Portuga (Portugaliya) tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida delegatsiya tomonidan Xalqaro ijtimoiy xavfsizlik assotsiatsiyasi prezidenti doktor Muhammad Azman, shuningdek, Bosh kotib Marselo Abi-Ramia Cayetano bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda joriy yilda Xalqaro ijtimoiy taʼminot assotsiatsiyasi faoliyati, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha hamkorlikda tadbirlar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ishchi guruh Xalqaro ijtimoiy taʼminot assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlarining boshqa idoralari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Hamkorlik istiqbollari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida sheriklik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida tajriba almashish hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasiga a’zo bo’lish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


