Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati Shveysariya Konfederatsiyasining Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Obolenskiyni bilan uchrashdi
27 Sentabr, 2023
446

Uchrashuv davomida tomonlar O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish, ijtimoiy yordam dasturlarini takomillashtirish, qo’shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimini takomillashtirish, mehnat migrantlari oilalarini qo’llab-quvvatlash, aholining zaif qatlamlarini ish bilan ta’minlash, shu jumladan, internat bitiruvchilari, ayollar va nogironligi bo’lgan shaxslarni ikki tomonlama tizimdan foydalangan holda kasbiy ko’nikmalarga o’rgatish masalasiga urg‘u berildi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoya tizimida raqamlashtirishni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

