Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash maqsadida quyidagi davlat ijtimoiy buyurtmasini e'lon qiladi
4 Iyul, 2024
1019
Tanlov tashkilotchisi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangizamon 3-tor ko‘cha, 1-uy.
Tanlovda qatnashish maqsadida hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus axborot portali manzili: https://etender.uzex.uz/lot/374210
№ | Davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi | Bajarish muddati | Mablag‘ bilan ta’minlash manbalari | Ajratilgan mablag‘ mln. so‘m |
1. | Ustuvor yo‘nalish: Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratib berish va ularni ish bilan ta’minlash. Maqsad: Jizzax viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash. Vazifalar: Jizzax viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashni tashkil etish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan bo‘sh turgan binolarni xatlovdan o‘tkazish, ijtimoiy buyurtma asosida tasdiqlangan smetaga muvofiq bo‘sh turgan binolarni ta’mirlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish va jihozlash. | 6 oy | Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan | 360 |
Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:
– ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilot sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi zarur;
– davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiq kelishi;
– ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;
– ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;
– loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya etish.
Tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi hujjatlarni elektron shaklda davlat xaridlarining elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etishi zarur (asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori):
– namunaviy shakldagi tanlovda ishtirok etish haqida ariza (namuna);
– davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi va smetasi;
– tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
– oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotning ustavi (nizomi) nusxasi;
– qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;
– maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi, agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha ma’lumotlar va shu kabilar) ham taqdim qilinishi mumkin.
Hujjatlar 2024-yil 4-iyuldan 19-iyulgaсha qabul qilinadi.
Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.
Hujjatlar elektron shaklda davlat xaridlarining elektron tizimida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 239-59-24, (71) 239-59-53, (71) 239-59-45.