Onlayn ariza shakli



    IHMA xodimlari ishtirokida navbatdagi "Ma'naviyat soati" tashkil etildi

    1 Mart, 2024

    588

    Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida xodimlar ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.

    Joriy haftada tashkil etilgan “Ma’naviyat soati” da yurtimiz va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqealar, shuningdek OAV da intervyu berishning o’ziga xos jihatlari mavzusida ma’ruza tinglandi.
    Shu bilan birga, “Maqsadni belgilashga salbiy ta’sir qiladigan 5 ta eski tushuncha ” hamda Zulfiya xotirasiga bag’ishlangan videolavha namoyish qilindi.

    Tadbir doirasida Agentlikning “Strategik tahlil va ijtimoiy himoya siyosatini ishlab chiqish va rivojlantirish” boshqarmasi bosh mutaxassisi tomonidan 2024 yilga mo’ljallangan ish rejalari mavzusida taqdimot tinglandi.

    Tadbir so‘ngida, Agentlik jamoasiga yangi haftada ishga qabul qilingan xodimlar tanishtirilib, ularning keyingi mehnat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan