Onlayn ariza shakli



    Farg‘onada “Inson uchun” inklyuziv yugurish marafon bo‘lib o‘tdi

    22 Aprel, 2025

    5372

    Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» markaziy stadionida “Inson uchun” shiori ostida yugurish bo‘yicha inklyuziv marafon bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafonda viloyatning barcha hududlaridan 250 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, Paralimpiya qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda ko‘pgina davlat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan marafonda viloyat hokimligi, Agentlikning viloyat boshqarmasi rahbariyati, tizimdagi tashkilotlar rahbarlari, xodimlar va ko‘ngillilar ishtirok etdi.

    Marafonlarda g’olib bo’lgan 4 ta toifadagi ayol va erkaklar (24 nafar sovrindor) medallar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan