“e-learning” elektron ta’lim platformasi orqali qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yildi
5 Aprel, 2024
40598
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan “e-learning” elektron ta’lim platformasi orqali qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yildi.
Birinchi bosqichda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida yangi ishga qabul qilingan Mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarning malakasi oshiriladi.
Kurslar davomiyligi 1 yil bo’lib, 12 modulni qamrab oladi.
Ijtimoiy xodimlarni qayta tayyorlashdan maqsad, mustaqil ravishda inson kapitalini rivojlantirish, o‘quv dasturlari va modullari asosida kasbiy mahoratini oshirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar hamda mahoratlarni yangilab borish hisoblanadi.
“E-learning” elektron ta’lim platformasi havolasi