BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
25 Mart, 2024
694
5 mart kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosari Sherzod Umarov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda qishloq joylarda nogironlar uchun «inklyuziv» kasb-hunar ta’limi va ish bilan ta’minlashni rivojlantirish, ularni jamiyatga integratsiya qilish, ijtimoiy ob’ektlarda bolalar va kattalar uchun ovqatlanish standartlarini takomillashtirish hamda iqlim o’zgarishining hududlardagi oilalarning turmush darajasiga ta’siri masalalarini birgalikda o’rganish bo’yicha qo’shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida qishloq joylardagi odamlarning hayot sifatini har tomonlama yaxshilashga qaratilgan hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuvga erishildi.


