Onlayn ariza shakli



    Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

    11 Aprel, 2025

    5384

    Agentlik tizimidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarning bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.

    Unda alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarning 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha (taʼlim tili oʻzbek, rus va qoraqalpoq tilida boʻlgan maktablar uchun) zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan