Onlayn ariza shakli



    Andijon shahrida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ochildi

    7 Dekabr, 2023

    2144

    Ma’lumki, mamlakatimizning yangi Konstitutsiyasida – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy davlat etib belgilandi. Shundan kelib chiqib, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1- iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-82-sonli Farmoni hamda PQ-176-sonli qarori bilan 6 ta vazirlikda tarqoq bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.

    Shunga asosan, bugun Andijon shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi ochilib, rasman foydalanishga topshirildi.

    Markaz binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkillangan tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimligi, hududiy boshqarma va mahalliy hokimlik mas’ullari, nuroniylar, ijtimoiy xodimlar, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan