Onlayn ariza shakli



    Agentlikning respublika tashkilotlari, hududiy bo'linmalarida faoliyat yuritayotgan nogironligi bo'lgan xodimlar soni

    30 Yanvar, 2024

    497

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Agentlikning respublika tashkilotlari, hududiy boʻlinmalari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarida faoliyat yuritayotgan nogironligi boʻlgan xodimlar soni – 294 nafarni tashkil etadi. Shulardan 108 nafari ayol kishidir.

    Ishga olish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar – Toshkent, Sirdaryo, Andijon va Buxoro viloyatlarida qayd etildi.

    Xususan, Agentlikning markaziy apparatida 11 nafar nogironligi bo’lgan shaxs ishlab kelmoqda.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan