Agentlik rahbari Fargo’na viloyatiga tashrif buyurdi
23 Dekabr, 2023
759
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov hududlarda sohada amalga oshirilayotgan ishlarni hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilash maqsadida Farg’ona viloyati hududlarida bo‘ldi.
Dastlab Mansurbek Olloyorov Farg‘ona shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi binosida davom etayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Binoda zamonaviy qulayliklar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Kun davomida “Surunkali kasalliklari va nogironligi bo‘lgan bolalar tibbiyot reablitatsiya markazi” ko‘zdan kechirildi. Ushbu muassasa faoliyatini yanada samarali tashkillash va kengaytirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi, bunda davolanayotgan bolalar hamda ularning yaqinlari bilan suhbat o’tkazildi.
Kunning ikkinchi yarmida agentlik rahbari viloyatdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari, ijtimoiy xodimlar va supervayzerlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligiga erishish, buning uchun ularning bilim va ko‘nikmalarini muttasil oshirib borish, «Inson» markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.


