Agentlik direktori M. Olloyorov Xorazm viloyatida bo’lib, ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
15 Yanvar, 2024
619
Birinchi manzil Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi bo’lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 2023 yili monomarkaz 161 nafar nogironligi bolgan tinglovchilarni sartaroshlik, tikuvchilik, hamshiralik, oshpazlik kurslarida o’qitgan bo’lsa ularning 32 nafari davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan foydalanib, subsidiya olib o’z tadbirkorligini yo’lga qo’ygan. Uchrashuv davomida nogironligi bo’lhan shaxslarni ish bilan ta’minlash darajasini yanada oshirish yuzasidan IHMA Xorazm viloyati boshqarma boshlig’i Sherzod Berdiyev taqdimot o’tkazib, sohada mavjud kamchiliklarga to’xtalib, o’z takliflarini berdi.
M.Olloyorov shuningdek, har bir tinglovchilar bilan suhbat o’tkazib ularning fikrlari, takliflari va qiynayotgan masalalari bilan ham tanishdi.
Shu bilan birga, “Urganch” milliy tikuvchilik oilaviy korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Korxonada jami 16 nafar ayollar mehnat qilsa, ularning 12 nafarini nogironligi bor. Uchrashuvda nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni safini yanada kengaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratish boyicha fikr almashildi. Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlik qilish va nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning jamiyatga integratsiyalashuvi yuzasidan kelishib olindi.
Tashrif davomida ishchi guruh, IT Park binosida, Xorazm viloyatining tuman va shahar Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻba mudirlari, SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi va oilaviy bolalar uylari rahbarlari ishtirokida, SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi Xorazm viloyati oilaviy bolalar uylari va SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi muhokamasi bo’lib o’tdi.