Agentlik direktori “Cheksiz imkoniyatlar” nodavlat reabilitatsiya va abilitatsiya markaziga tashrif buyurdi
8 Fevral, 2024
556
Joriy yilning 7-fevral kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov “Cheksiz imkoniyatlar” nodavlat reabilitatsiya va abilitatsiya markaziga tashrif buyurib, markaz xodimlari bilan ularning faoliyati va vazifalari, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.
Tashrif davomida Bektemir tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 574-sonli maktabgacha ta’lim muassasi ko’zdan kechirilib, muassasa tarbiyalanuvchilari va pedagog-psixologlar jamoasi bilan mavjud sharoitlar va bolalarning tahsil olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
Og‘ir xastalikka uchragan bolalar bilan individual ishlash asosida hayotga moslashtirish maqsadida Respublika bo’ylab 160 ta maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tashkil etilishi ko’zda tutilgan mazkur «G’amxo’rlik guruhlari» tahsil oladigan bolalarning ijtimoiylashuvi bilan bir qatorda ularning ota-onalarida ham o’z ustida ishlashi uchun imkoniyat yaratishi lozimligi qayd etib o’tildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassalarida “G‘amxo‘rlik guruhlari” faoliyati yo’lga qo’yilmoqda.







