Onlayn ariza shakli



    20 000 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta'minlanadi

    4 Aprel, 2024

    754

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi qator davlat idoralari bilan birgalikda 20 000 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlash maqsadida hamkorlikni yo’lga qo’ydi.

    Unga ko‘ra, endilikda vazirlik va idoralar hamda ularning tizim va tasarrufidagi tashkilot va muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylash bo‘yicha doimiy ravishda vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qilib boradi.

    Hamkorlik ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda dastlab, 1-iyulga qadar reja-grafik asosida 10 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat idoralari va tashkilotlarida, qo‘shimcha 1000 nafarini esa tijorat banklarida bandligi ta’minlanadi.

    2-bosqichda esa yana 10 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

    Arizalar topshirish “vacancy.argos.uz” platformasidagi maxsus sahifa orqali amalga oshiriladi.

    Ulashish

    Neotechda ishlab chiqilgan